Manchesterliklar uch himoyachini nishonga oldi
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” yozgi transferlar oynasi davrida himoya chizigʻini kuchaytirishga qaror qildi.
Premier-ligada peshqadamlik qilayotgan Londonning “Arsenal” klubiga tegishli boʻlgan qanot himoyachisi Mayls Lyuis-Skelli hali ham “Manchester Yunayted” nishonida qolmoqda.
Bu haqida Sky Sports jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga koʻra, manchesterliklar bu oʻyinchini qoʻlga kirita olmagan taqdirda, eʼtiborini zahira variantlariga qarataди. Transfer nishonlari roʻyxatida Nataniyel Braun (“Ayntraxt”) va Lyuis Xoll (“Nyukasl”) ham bor.
“Manchester Yunayted”ning asosiy nishoni boʻlgan 19 yoshli Lyuis-Skelli Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida 14 ta oʻyin oʻtkazdi.
Fikrlar