Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Manchesterliklar yangi himoyachi topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi tanlov

«Borussiya Dortmund»ning qanot himoyachisi Daniel Svensson yaqin vaqtlarda Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, shved futbolchisining nomzodi «Manchester Yunayted»ning transfer ro‘yxatiga kiritilgan. «Manchester Yunayted» ayni paytda chap qanot himoyasida raqobatni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Transfer bozorida Daniel Svensson 22 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Germaniya chempionatida Svensson to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bir marta sariq kartochka olgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q