
Mardonov professional boksda debyut jangini o‘tkazdi
Havaskor boksda katta natijalarga erishgan yana bir hamyurtimiz Kozimbek Mardonov(1-0, 1KO) professional ringda debyut jangini o‘tkazdi.
Mardonovga argentinalik Marselo Rubin Molina (23-19-1, 19KO) raqiblik qildi. 4 raund etib belgilangan jangda vakilimiz raqibini 2-raundda mag‘lub etdi. Ushbu jang super o‘rta vazn toifasida (76kg) bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik, Kozimbek asosiy janglar uchun o‘rta vazn (72kg) toifasida o‘z faoliyatini davom ettirishi rejalashtirilgan.
Ushbu kechada ilk jangini o‘tkazishi kerak bo‘lgan Fazliddin Meliboev esa, shartnomadagi muammolar sabab jang qilmadi.
Fikrlar