Mareska: Donnarummaga to‘p uzatmanglar
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoada kuzatilayotgan muammolardan biri haqida gapirdi.
Evropa chempionlar ligasida «Portu»ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida «shaharliklar» darvozaboni Janluiji Donnarumma xavfli vaziyatda noaniq pas berdi. Ammo portugalik futbolchilar italyalik posbon xatosidan foydalanа olmadi.
«Donnarumma «Koventri»ga qarshi o‘yinda juda yaxshi harakat qildi, bir necha bor jamoani qutqardi. Bugungi epizodga kelsak, menimcha, bu uning shaxsiy xatosi emas. Aksincha, unga ortga pas berish bo‘yicha noto‘g‘ri qaror qabul qilindi.
Ba’zan biz unga kerakidan ortiqcha pas beramiz. Men doim aytaman: darvozabonga faqat boshqa yechim qolmagandagina pas berish kerak. Boshqa holatlarda to‘pni Jijioga qaytarish shart emas. Uning o‘yinidan mamnunman», – dedi Mareska matbuot anjumanida.
«Manchester Siti» ushbu bahsda Erling Holannning dubli hisobiga «Portu»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar