Mareska Fodенning joyini ko‘rsatib berdi

  • 05.09.2026 15:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa yarim himoyachisi Fil Fodening o‘yini haqida fikr bildirdi.

26 yoshli futbolchi joriy mavsum Premier-liganing dastlabki ikki uchrashuvida maydonga tushib, har bir o‘yinda bitta-dan golli pas berdi.

«Menimcha, uning tabiiy va eng yaxshi pozitsiyasi – markaz. Ilk ikki turda uning qanotda o‘ynashga to‘g‘ri keldi, chunki Doku jarohat olgani sababli hozir bizda boshqa variant yo‘q. Fil o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi, lekin shubha yo‘qki, u markazda o‘zini ancha erkin va ishonchli his qiladi. 

Undan birinchi kundanoq mamnunman. Mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham katta ishtiyoq bilan mehnat qilyapti, hatto qanotda maydonga tushganda ham. Biz uni turli pozitsiyalarda sinab boramiz. Foden – yuqori darajadagi futbolchi, bunday o‘yinchilar turli rollarda o‘ynashga qodir», – deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Report.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!