Mareska Semenyoning tiklanish muddatini aytdi

  • 19.10.2026 17:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jarohat olgan yarim himoyachi Antuan Semenyoning holati haqida ma’lumot berdi.

«Avvaliga Semenyo jiddiy jarohat olgan, deb o‘yladik. Juda xavotirlandik. Lekin kechagi tibbiy ko‘rikdan so‘ng vaziyat unchalik og‘ir emasligi ma’lum bo‘ldi. Taxminan sakkiz hafta atrofida maydonga qaytishi mumkin. Dekabr oyiga borib safga qo‘shilishi kutilayapti», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Joriy mavsumda Semenyo barcha musobaqalar doirasida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi va uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni Afina klubi AEKga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!