Mareska “Siti”ga sobiq shogirdini chaqiryapti
Katta transfer bo‘ladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enco Mareska sobiq jamoasi “Chelsi” hujumkor futbolchisi Pedru Netuni yozgi transfer oynasi uchun asosiy nomzodlar roʻyxatiga qoʻshdi.
Ayni paytda “shaharliklar” braziliyalik legioner Savioni “Tottenxem”ga sotish masalasini muhokama qilmoqda. Bu esa jamoani yangi vinger xarid qilishga undamoqda.
Bundan avval “Siti” «PSJ» futbolchisi Ibraim Mbaye hamda “RB Leyptsig” aʼzosi Yan Diomandega qiziqish bildirgan edi. Daily Mail maʼlumotiga koʻra, endi Pedru Netu ham klubning ehtimoliy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.
“Manchester Siti”ning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska Netuni “Chelsi”dagi faoliyati davridan yaxshi tanaydi. Oʻsha vaqtda ular oʻrtasida ishonchli munosabatlar shakllangan. Shuningdek, Pedru “Vulverxempton”dan ikki yil avval 54 million funt sterling evaziga “Chelsi”ga oʻtishidan oldin ham “shaharliklar” uni kuzatib borgan.
“Chelsi” tarkibida vingerlar yetarlicha. Bundan tashqari, London klubi “Bayer” futbolchisi Kerim Alaybegovichni ham kuzatmoqda. Shu bois 26 yoshli portugaliyalik futbolchi munosib taklif tushsa, transferga qoʻyilishi mumkin.
Izohlar (0)