Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mareska "yangi Rodri"ni topmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bunaqasi bormikin?

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoani tark etgan yarim himoyachi Rodri o‘rniga yangi futbolchi qidirilayotgani haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi «Barselona» safiga o‘tdi.

«Shaharliklar» o‘z yurtiga qaytishni istagan Rodrini ushlab qolishga urinmadi va uni «Barselonaga» sotishga rozi bo‘ldi. Transfer 18 avgust kuni rasmiy e’lon qilindi.

«Biz yangi Rodrini topishga harakat qilamiz. «Manchester Siti» uni sotib olganida, u na «Oltin to‘p» sohibi edi, na Chempionlar ligasi g‘olibi. U bu darajalarga aynan shu yerda yetdi. Endigi maqsadimiz – yana shunday Rodrini topish.

David Silva ketganida hamma xavotirga tushgandi, lekin uning o‘rnini de Bryone egaladi. Keyin Aguero bilan xayrlashganimizda ham shunday bo‘ldi – bu safar Xoland keldi. Rodri esa Fernandinoni almashtirdi. Muhim futbolchi ketsa, agar to‘g‘ri ish tutilsa, doim munosib o‘rinbosar topish mumkin. Bu oddiy, futbolda doimiy uchrab turadigan holat», – deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q