Mariya Sakkari charchab qoldi
Kuni kecha Rabat shahrida o‘tgan musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Gretsiyalik tennischi Mariya Sakkari Madriddagi turnirda mag‘lubiyatga uchradi.
Mariya "Mutua Madrid Open" musobaqasining birinchi davrasida ispaniyalik Karla Suares Navarroga har ikkala setda bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Suares Navarro Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi bosqichida slovakiyachlik Viktoriya Kuzmovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar