Mariya Sakkari finalga yo‘l oldi
Zohir2018
Mariya Sakkari bosh sovrin uchun o‘ynaydi
Gretsiyalik tennischi Mariya Sakkari "Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem" musobaqasining final bosqichiga yo‘l oldi.
Turnirning yarim finalida Mariya belgiyalik Alison van Uytvankka qarshi kortga chiqib, yakunda har ikkala setni 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Shu tariqa Rabat shahrida o‘tayotgan musobaqaning so‘nggi hal qiluvyai final bahsida Sakkari britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqadi.


Izohlar (0)