Mariya Sharapova o‘ziga kelmoqda
“WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida yarim finalga qadar ishtirok etgan rossiyalik Mariya Sharapova reyting jadvalidagi o‘rnini yuqorilab oldi.
Gap shundaki, Xotin-qizlar tennis uyushmasining hozirgi reytingida Mariya 1006 ochko bilan 59 pog‘onadan joy olgan. “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida yarim finalda ishtirok etib, 116 ochko ishlab oldi.
Mariya Sharapova shu sababli ham 8 yanvar kunidagi WTA reytingida 1116 ochko bilan 47 pog‘onagacha ko‘tarilishi mumkin.


Izohlar (0)