Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Mariya Sharapovani Malorkaga chorlashmoqda

Zohir2018
Izohlar: 0

Malla soch Mariya uchun yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi

Malorka shahrida 16-23 iyun kunlari tennis bo‘yicha Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan xalqaro turnir o‘tkaziladi.

"Mallorca Open" musobaqasi tashkilotchilari rossiyalik Mariya Sharapovaga asosiy to‘rda ishtirok etish huquqini beruvchi "wild card"ni taqdim etdi.

Ushbu taklifdan xursand bo‘lgan Mariya: ""Mallorca Open"ning "wild card"ini bergan turnir tashkilotchilaridan minnaddorman. Shuningdek, yaqin oylar ichida menga dalda bo‘lgan muxlislarimga o‘z tashakkurimni izhor qilaman, – dedi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q