Mark Gexining "Manchester Siti"ga transferi tez orada yakunlanadi!

  • 18.01.2026 22:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" "Kristal Pэlas" himoyachisi Mark Gexini oʻz safiga qoʻshib olishga juda yaqin. Ijtimoiy tarmoqlarda ishonchli insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchi allaqachon "shaharliklar" uchun tibbiy koʻrikning birinchi qismidan oʻtgan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Gexining transferi 20 million funt sterling (taxminan 23 million yevro) va bonuslar evaziga amalga oshishini yozgan edi.

Shu bilan birga, shanba kuni "Manchester Siti" shahar derbisida "Manchester Yunayted"ga magʻlub boʻldi. Hozirda Xosep Gvardiola jamoasi Premer-liga jadvalidа ikkinchi oʻrinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!