Markus Reşford qaerda o‘ynashni hal qildi

  • 23.06.2026 23:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reşford kelasi mavsumni yana mankuniyaliklar safida boshlashi kutilmoqda. Uning hozirgi jamoasi «Barselona» futbolchini 30 million yevro evaziga to‘liq sotib olish variantidan voz kechdi.

The i Paper nashri ma'lumoticha, Reşfordga «Tottenxem» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa faoliyatini Yevropa qit'asida davom ettirishni afzal ko‘rayotgani aytilmoqda. 

Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» rahbariyati uni yana bir mavsumga «Barselona»ga ijaraга berish variantini ko‘rib chiqmayapti. Klub futbolchini doimiy shartnoma asosida sotish tarafdori.

Markus Reşford – «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!