Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Marokash Braziliya bilan durangdan norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Braziliyadan qo‘rqmay qo‘yishdi

Jahon chempionati – 2026 musobaqasidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan Marokash terma jamoasi Braziliya milliy jamoasiga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvdan keyin afrikaliklarning bosh murabbiyi Mohamed Uabi ushbu natija haqida fikr bildirdi.

«Jamoa yaxshi oʻyin namoyish etdi. Biz gʻalabaga umid qilgan edik, ammo bu futbol. Bu uchrashuvda yetishmagan jihatlar ustida ishlaymiz. Shotlandiyaga qarshi oʻyinga toʻliq tayyor holda chiqamiz. Futbolchilar bir oz tushkun, chunki gʻalaba qozonishni juda istashgan edi», – deya murabbiy soʻzlarini Globo keltiradi.

Guruh bosqichining ikkinchi turida Marokash Shotlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shotlandiya musobaqadagi debut uchrashuvida Gaiti jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q