
Martines: "Ronaldu o‘zini hali ham yosh deb hisoblaydi"
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "Evro-2024" 1/8 finalida Sloveniyaga (0:0, 3:0 penaltilar) qarshi o‘yinning 105-daqiqasida penaltini aniq amalga oshira olmagan hujumchi Krishtianu Ronalduni qo‘llab-quvvatladi.
- Krishtianu - oltita Evroda o‘ynagan va o‘zini hali ham yosh deb hisoblagan yagona futbolchi. Men unga rahmat aytmoqchiman.
Biz u bilan juda faxrlanamiz. U penaltini amalga oshira olmadi. Ammo penaltilar seriyasini gol bilan boshlab berdi va jamoadoshlariga yo‘l ochib berdi. Hayotda ham, futbolda ham og‘ir damlar bo‘lishini, biroq taslim bo‘lmasligimizni isbotladik, - deya Martinesning so‘zlarini keltiradi "AS" nashri.
Fikrlar