
Marushich ikkinchi o‘ringa chiqib oldi
"Neftchi" Superliganing 4-turida "Navbahor"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda dastlab, Ahmedov ajoyib goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Shundan keyin Bilolxon Toshmirzaev imkoniyatlarni tenglashtirdi, oradan ko‘p o‘tmay Ruslan Jiyanov jamoasini oldinga olib chiqdi. Zoran Marushich esa ikki goli bilan farg‘onaliklarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Neftchi" turnir jadvalida 6 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu jamoaning ushbu mavsumdagi ilk g‘alabasi edi. Marushich esa to‘purarlar jadvalida ikkinchi pog‘onaga chiqdi.
Futbolchining gollari soni 3 taga etdi. Birinchi o‘rinda "Bunyodkor" hujumchisi Luis Kachorri 4 ta golga mualliflik qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Nodir Abdurazzoqov, Lyupche Doriev, Igor Sergeev va yana bir nechta futbolchilar hisobida 2 tadan gol bor.
Fikrlar