"Mash’al" Murtazoevni qaytarish harakatida

  • 6 yanvar, 2024, 18:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liga qatnashchisi – Muborakning “Mash’al” klubi ham o‘z qarorgohida yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshladi. Selektsiya ishlari esa davom ettirilmoqda.

Yaqinda “Mash’al”ni 12 nafar o‘yinchi bilan xayrlashgani to‘g‘risida ma’lumot bergandik. Ayni paytda tarkibda ketganlarning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi nomlar bor. Ularning orasida hujumchi Humoyun Murtazoevni alohida ta’kidlash joiz.

Bungacha “Turon”da to‘p surgan futbolchi u erdan ketgandi. “Mash’al” esa sobiq o‘yinchisini yana ortga qaytarish harakatida yuribdi. Shu bois Murtazoev jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.

Bu yil 32 yoshni qarshilaydigan Humoyun “Mash’al” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Faoliyatida mobaynida ushbu jamoadan tashqari “Sho‘rtan”, “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Turon”da to‘p surgan.

“Mash’al” klubi tez orada Murtazoev masalasini ijobiy hal qilmoqchi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!