Mashhur agent mijozini “Barsa”ga joylamoqchi

  • 24.07.2025 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli agent Jorje Mendesh ko‘plab taniqli futbolchilar manfaatlarini himoya qilib keladi. Portugaliyalik mutaxassis “Inter”dagi mijozi Denzel Dyumfrisga boshqa jamoa topib berishga harakat qilyapti.

29 yoshli o‘ng qanot himoyachisining shartnomasida uni iyul oyi oxiriga qadar 25 million evroga transfer qilish haqida band kiritilgan. Mendesh bundan foydalanib, Denzelning xizmatlarini “Barselona”ga taklif qildi.

Taniqli jurnalist Janluiji Longarining xabar berishicha, kataloniyaliklar Mendeshning tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi.

“Barselona” o‘ng qanotda Jyul Kundeni o‘ynatishni ma’qul ko‘rmoqda va klub rahbariyati frantsiyalik himoyachi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!