Mashhur darvozabonga yangi klub topildi

  • 29.12.2025 12:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”dagi asosiy darvozabon maqomini boy bergan Mark-Andre ter Shtegen qishki transferlar oynasi davrida jamoasini oʻzgartirishi kutilmoqda.

Sport.es saytining xabar berishicha, “Jirona” klubi nemis darvozabonini oʻz safiga qoʻshib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda va muzokaralarga optimistik ruhda yondashmoqda. Ular ikki klub oʻrtasidagi yaxshi ishchi munosabatlar bitimni muvaffaqiyatli yakunlashga yordam beradi, deb umid qilayapti.

Qayd etilishicha, avvalroq ommaviy axborot vositalarda ter Shtegenga “Aston Villa” ham qiziqish bildirgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.

Manbalar 33 yoshli golkiper muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun boshqa jamoasiga oʻtishi optimal variant ekani haqida yozayapti.

2014 yildan beri kataloniyaliklar darvozasini qoʻriqlab kelgan Mark-Andre ter Shtegen hamyurti Hans-Diter Flik bosh murabbiy etib tayinlangandan keyin asosiy tarkibdagi joyini yoʻqotdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!