Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mashhur futbolchi terma jamoadan ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jahon chempionati so‘nggi musobaqa bo‘ldi

Jazoir milliy jamoasining tajribali hujumchisi Riyad Mahrez terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Bu qaror jahon chempionatining 1/16 finalidagi uchrashuvdan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Jazoir milliy terma jamoasi Shveytsariyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Uchrashuvdan keyin 35 yoshli hujumkor futbolchi endilikda milliy jamoa uchun maydonga tushmasligini bildirdi.

Mahrez Jazoir milliy terma jamoasi safida 12 yildan ortiq vaqt davomida o‘ynadi. U milliy jamoadagi debutini 2014 yil may oyida o‘tkazgan. Shu muddat ichida Riyad Jazoir milliy terma jamoasi tarkibida 119 ta o‘yinda maydonga tushib, 40 ta gol urdi va 45 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q