Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mashhur hujumchi Saudiyaga otlandi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hammasi kelishib olingan

«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tish borasida shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida Livescore insayder Sasha Tavolieri ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saudiyaliklar 30 yoshli angliyalik forvardni jamoani tark etishi kutilayotgan Karim Benzemaga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, «Al-Hilol» hozircha «Aston Villa»ga rasmiy taklif yo‘l etmagan.

Manba ta’kidlashicha, avvalo Benzema bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish kerak. Fransiyalik hujumchining amaldagi shartnomasi bor va unga to‘lanadigan maoshning bir qismi faqat «Al-Hilol» emas, balki mamlakat futbol rahbariyati bilan ham bog‘langan. Benzema jamoani tark etishga rozilik berishidan oldin, kelishuv bo‘yicha qolgan barcha pulni to‘liq hajmda olishni talab qilmoqda.

«Al-Hilol» rahbariyati Benzemaning ketishini joriy transfer oynasidagi eng ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Faqat shu masala hal etilgandan so‘nggina klub Uotkins bo‘yicha bitimni rasmiylashtirishga o‘ta oladi.

Olli Uotkins o‘tgan mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi — u 21 ta gol urdi. Uning ketishi «Aston Villa» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, klub ichida 17 yoshli Brayan Madjoga katta umid bog‘lanmoqda, u asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor, deb baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q