Mashhur hujumchi Turkiyani tark etdi
Yaqinda shartnomani uzaytirgan edi
Braziliyalik yarim himoyachi Anderson Taliska Turkiyaning «Fenerbahçe» jamoasini tark etdi. Bu haqida klubning rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
Ma'lumotga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tomonlarning o‘zaro roziligi asosida bekor qilingan. Taliska «Fenerbahçe» safini 2025 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U jamoa tarkibida 80 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urdi va 14 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Qiziqishi shundaki, futbolchi joriy yil fevral oyida o‘z shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan edi.
Anderson Taliska faoliyati davomida «Fenerbahçe»dan tashqari «Benfika», «An-Nasr», «Baiya», «Beshiktash» va «Guanchjou Evergrand» klublari sharafini ham himoya qilgan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda futbolchining bozor qiymati 7 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)