Mashhur hujumchini o‘g‘ri urdi
Angliya futbolida chuqur iz qoldirgan Jeymi Vardi o‘z faoliyatida ilk bor legionerga aylanib, joriy mavsumda Italiya chempionatida “Kremoneze” klubi sharafini himoya qilyapti.
38 yoshli hujumchi bu mamlakatda o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, jinoyatchilar futbolchining uyiga A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan “Kremoneze” va “Roma” (1:3) o‘yini vaqtida kirgan. O‘g‘rilikda kamida uch kishi ishtirok etgan.
Jinoyatchilar futbolchi va uning oilasi uyda yo‘qligidan foydalanib, derazani buzib kirgan va qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlari, pullarni o‘g‘rilagan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘marilgan narsalarning umumiy qiymati € 100 ming atrofida.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy to‘da futbolchi, uning rafiqasi va farzandlarining harakatlarini kuzatib borgan va uy himoyasiz qolishini bilgan.
Vardi 2025 yil yozida “Lester”dan “Kremoneze”ga o‘tganidan beri joriy mavsumda sakkizta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.
Fikrlar