Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mashhur klub bosh murabbiyni ishdan bo‘shatdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ishonchni oqlamadi

Shveytsariyaning mashhur klubi «Bazel» bosh murabbiy Stefan Lixshtayner bilan shartnomani bekor qildi. 

Jamoa rahbariyatining ta'kidlashicha, bunday qarorga klubning milliy chempionatdagi ishonchsiz o‘yinlari sabab bo‘lgan. Vaqtincha jamoani italyalik mutaxassis Luidji Nochetini boshqarib turadi, shu bilan birga klub yangi bosh murabbiy qidirishni boshlagani xabar qilinmoqda, deb yozadi derbyderbyderby.it.

Yangi mavsum boshlanganidan beri Shveytsariya chempionatida o‘tkazilgan yetti turda «Bazel» uch marta g‘alaba qozondi, uch bor mag‘lubiyatga uchradi va bir uchrashuvni durang bilan yakunladi. Mamlakat chempionatida yillar davomida yetakchi bo‘lib kelgan klub uchun bu ko‘rsatkich qoniqarli emas, deya baholanmoqda.

Shunga qaramay, Lixshtayner moliyaviy jihatdan zarar ko‘rmaydi. Uning shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgani uchun klub murabbiyga kelishuv shartlariga muvofiq neustoyka to‘lab berishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q