Mashhur nashr Eldor Shomurodovni e'tirof etdi
Mashhur statistik nashr Sofascore Eldor Shomurodovning Turkiyadagi faoliyatiga alohida e'tibor qaratdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi “Istanbul Boshakshehir” safida Turkiya Superligasida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkichlar Shomurodovning ligadagi eng yorqin statistikalaridan biri sifatida e'tirof etilgan.
“Bu Shomurodovning Turkiya Superligasidagi ajoyib statistikasi. O‘zbekistonlik hujumchi Italiya ning “Roma” klubidan ijaraga olingan. Eng muhim jihati shundaki, shartnomada mavsum yakunida futbolchini to‘liq sotib olish majburiyatini nazarda tutuvchi shartli band mavjud. Agar u ishga tushsa, Shomurodov faoliyatini “Boshakshehir”da davom ettirishi mumkin”, — deb yozadi Sofascore.
Ma'lumot uchun, forvard hozirda Turkiya Superligasi to‘purarlar reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar