Mashhur to‘purar oddiy jamoaga o‘tyapti
Yaqinda transferi barbod bo‘lgandi
A Seriyaning mashhur to‘purari Andrea Belotti «Kalyari» bilan shartnoma imzolay olmagani, sababi esa tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani haqida xabar berilgan edi.
Endi esa tajribali hujumchi yana bir bor omadini sinab ko‘rishga tayyor, faqat bu safar uning yangi manzili «Kalyari» emas, balki «Modena» bo‘lishi kutilmoqda. Nufuzli manbalardan derbyderbyderby.it nashri mashhur insayder Fabrizio Romanoga tayanib, Belotti Daniele Galloppa boshqaruvidagi jamoaga tez orada qo‘shilishi mumkinligini yozmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, Belotti o‘tgan o‘n uch yil davomida yuqori divizionda o‘ynaganiidan so‘ng yana B Seriyaga qaytib keladi. Karerasining boshida u aynan shu ligada «Palermo» sharafini himoya qilganini eslatib o‘tish lozim.
Shuningdek, Belotti 2016 yildan 2022 yilgacha Italiya terma jamoasi safida 44 ta o‘yin o‘tkazgan va milliy jamoa bilan birgalikda Yevropa chempioniga aylangan.
Izohlar (0)