Mass-startda ham italiyalik biatlonchi g‘alaba qildi

Kecha Shvetsiyaning Estersund shahrida biatlon bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi poygasi erkaklar o‘rtasida mass-start yo‘nalishida kechdi. 

E’tiborlisi, bu poygada ham italiyalik biatlonchi g‘alaba qozondi. 24-raqam ostida startga chiqqan Dominik Vindish marra chizig‘ini barchadan avval bosib o‘tdi. Ayollar o‘rtasida kechgan bellashuvda Vindishning yurtdoshi Doroteya Virer muvaffaqiyatga erishgan edi. Bu bilan Vindish faoliyatida ilk bor jahon chempionligining oltin medalini qo‘lga kiritmoqda. 

Ushbu poygada ikkinchi bo‘lib frantsiyalik Antoni Gugine finashga etib kelgan bo‘lsa, avstriyalik Yulian Eberxard kuchli uchlikni yakunlab berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!