Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Masvidal natijadan norozi !!!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U Neyt Diazga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Amerikalik MMA faxriysi Xorxe Mavidal sobiq hamkasbi Neyt Diazga qarshi jang natijasiga e’tiroz bildirdi.

"Hakamlarga tomoshabinlar ta’sir qilganiga shubham yo‘q. Diazning ko‘p zarbalari aniq emasdi. U uch-to‘rtta zarba berar, ammo kuch va aniqlik etishmasdi. Men bitta yaxshi zarba yo‘lladim va o‘sha zarba uni sarosimaga solib qo‘ydi. Menimcha, ikki hakam menga faqat ikkita raundda ustunlik berdi. Bu juda tushunarsiz. Hali aytadigan gaplarim ko‘p, lekin baribir hech narsa o‘zgarmaydi”, – dedi Masvidal matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 7 iyul kuni AQSh ning Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomining asosiy jangida Diaz hakamlarning yakdil qarori bilan Masvidalni mag‘lub etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q