Matteo Berrettini chorak finalda o‘ynaydi
Zohir2018
Uning raqibi bugun aniq bo‘ladi
Italiyalik tennischi Matteo Berrettini Shanxay shahrida o‘tayotgan tennis musobaqasining chorak finaliga chiqib oldi.
Matteo yakkalik bahslarining uchinchi bosqichida ispaniyalik Roberto Bautist-Agutga qarshi kortga tushdi va 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi "Rolex Shanghai Masters"ning 1/4 finalida Berrettini gruziyalik Nikoloz Basilashvili, yoki avstriyalik Dominik Tim bilan kuch sinashadi.

Izohlar (0)