Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Matteus: «Ronalduning endi jamoadoshlarining mehriga sazovor emas»

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Lotar Matteusning aytishicha, Krishtianu Ronalduni endi Portugaliya terma jamoasida jamoadoshlari orasida avvalgidek hurmat va mehrga ega emas.

Germaniya terma jamoasining sobiq yulduzi Lotar Matteusning fikricha, Krishtianu Ronalduning atrofida Portugaliya terma jamoasida kelib chiqqan vaziyat faqat bosh murabbiy Jorje Jezush bilan bog‘liq emas.

«Uning karerasi haqiqatan ham fantastik. Futbol uchun qilgan xizmatlari uchun unga faqat minnatdorchilik bildirish mumkin. Balki shuning uchun ham uning terma jamoadan ketishi ancha munosibroq tarzda kechishi kerak edi. U bunday holatga loyiq emas edi. Menimcha, Ronaldu endi jamoadoshlari orasida avvalgidek hurmat va mehrga ega emas», – dedi Matteus.

Bundan avval Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronaldu istak bildirsa, yaqinlashib kelayotgan o‘yinlar uchun uni yana jamoaga chaqirish mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q