Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Mayk Tayson: "Men barchani ogohlantirgandim"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U Ngannu haqida iliq fikr bildirdi.

“Men hammani Frensisning chap huk zarbasi haqida ogohlantirgandim”, -dedi Mayk Tayson.U Tayson Fyuri (34-0-1, 24 KO) bilan jangga tayyorlanayotganda Frensis Ngannuga yaxshi maslahat berishga ozmi-ko‘pmi yordam berdi.

Oxir-oqibat, sobiq UFC chempioni og‘ir vazn toifasida WBC chempioniga ochkolar bo‘yicha yutqazdi,xolos.Ammo uchinchi raundda u chempionni chap huk zarbasi bilan nakdauntga tushirib qo‘ydi.

"Uning sparring paytida raqibini nokautga uchratganini ko‘rib,Ngannuning muvaffaqiyatga ishona boshlagandim.Lekin...bu sport va unda shunaqasi ham bo‘lib turadi.Nima bo‘lganda ham men Frensisning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatidan faxrlanaman.U har bir so‘zimni diqqat bilan tingladi.Ishonchim komilki, biz Frensisni yana ringda ko‘ramiz”, - deya qo‘shimcha qildi “Temir” Mayk.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q