Mayk Tayson: Men Jonsni mag‘lub etdim
Og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni Mayk Tayson to‘rt divizion bo‘yicha sobiq jahon chempioni Roy Jonsga qarshi jangdan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Jonsni mag‘lub etdim, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, durangga roziman. Nima uchun bunday qarorga keldim? Chunki men tomoshabinlar ko‘nglini oldim. Ular jangni ko‘rib xursand bo‘ldi", dedi "temir Mayk".
Mayk Tayson hamda Roy Jons o‘rtasida o‘tkazilgan 8 raunddan iborat jang to‘liq davom etdi va yakunda hakamlar kuchlar teng kelganligini e’tirof etishdi.
Fikrlar