Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Maykl Olise "Real"ga o'tmaydi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

"Bavariya" rahbariyati Maykl Oliseni klubning muhim figūrasi deb bilib, "Real@ takliflariga qarama-y, kamida 2026 yilgacha sotmaslikka qaror qildi.

Myunxenning "Bavariya" jamoasi vigeri Maykl Olise yozgi transfer oynasidan foydalanib madridlik "Real" safiga o‘tmaydi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur insayder Fabrizio Romano Olisening "Real"ga ehtimoliy transferi haqida tarqalgan xabarlarni rad etgan. Uning ta’kidlashicha, "qirollik klubi" futbolchi uchun taxminan 150 million yevro sarflashga tayyor ekani haqidagi ma’lumotlar fonida ham "Bavariya" o‘z yetakchilaridan biri bo‘lgan o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati Oliseni klubning yaqin yillarga mo‘ljallangan loyihasida eng muhim figuralardan biri deb hisoblaydi va juda katta miqdordagi takliflar kelib tushsa ham, uni sotish rejasi yo‘q. Avvalroq klubning faxriy prezidenti Uli Hyoness ham shunga o‘xshash fikr bildirib, jamoani sport jihatdan zaiflashtirib qo‘yayotgan har qanday transferning ma’nosi yo‘qligini aytgan edi.

Qolaversa, Olisening o‘zi ham "Bavariya"ni tark etish istagini bildirmagan. Fransiya terma jamoasi a’zosi Myunxenda o‘zini qulay his qilayotgani, jamoada muhim o‘rin tutayotgan qayd etilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari "Real"ning Olisega qiziqishiga sabab sifatida hujumning o‘ng qanotini kuchaytirish rejalari keltirgan edi. Biroq Fabrizio Romano bayonotlaridan so‘ng, hozircha kamida 2026 yil yozigacha bunday transfer amalga oshish ehtimoli juda past deb baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q