
Mbappe 80 milliondan voz kechdi
PSJ va Kilian Mbappe o‘zaro muzokaralardan keyin sodiqlik bonusi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi. Unga ko‘ra, 24 yoshli hujumchi umumiy hisobda 80 million evro miqdoridagi bonuslarni olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins ma’lumot tarqatdi.
Ma’lumki, mavsum boshida PSJ rahbariyati 2024 yilning yozida jamoadan ketishini e’lon qilgan Kilian Mbappeni jamoadan chetlatgan edi. Keyinroq hujumchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun PSJ bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara qilishga roziligini bildirdi.
Shunga qaramay, Mbappe klubning yangi shartnoma bo‘yicha takliflarini qabul qilmayapti. Mbappe klubning moliyaviy holatidan kelib chiqib, sodiqlik bonuslarini olmaslikka ko‘ngan.
Kilian mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga maqomida boshqa klubga bepul o‘tmoqchi. Bu klub “Real” ekani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Mbappega Germaniya va Angliyaning bir necha klublaridan ham chorlov bo‘lyapti.
Fikrlar