Mbappe alamli o‘yinda Ronalduni ortda qoldirib ketdi

  • 27 aprel, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogi finalida “Real” futbolchilari ashaddiy raqib – “Barselona”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, bosh sovrindan quruq qoldi.

Tecno

Bellashuvda madridliklarning birinchi golini urgan Kilian Mbappe shaxsiy ko‘rsatkichini yaxshilab oldi xolos.

Frantsiyalik hujumchi “Real”dagi debyut mavsumida urgan gollari soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu va Ruud van Nistelroydan o‘zib ketdi.

“Qirollik klubi”ga qo‘shilganidan beri barcha turnirlarda 51 marotaba maydonga tushgan Mbappe o‘z hisobiga 34-golni yozdirib qo‘ydi.

Mavsum to‘liq yakunlangunga qadar 25 yoshli o‘yinchi mutlaq rekord o‘rnatishi mumkin. Chunki debyut mavsum to‘purarlari reytingida birinchi o‘rinda turgan Ivan Samorano hisobida 37 ta gol bor. Mbappe yangi rekord o‘rnatishi uchun yana to‘rtta gol urishi kifoya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!