Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Mbappe bir nechta "Oltin to‘p"ga loyiq"

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Modrich jamoadoshini maqtadi

"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

- U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Bunday iqtidorni kamdan-kam uchratganman. Meni eng lol qoldiradigan narsa uning shaxsiyati. U g‘oyat ajoyib inson, juda kamtarin, doimo hazilga moil.

"Oltin to‘p" haqida gapiradigan bo‘lsak, ishonchim komilki, u nafaqat bitta, balki bir nechta "Oltin to‘p"larni qo‘lga kiritishda asosiy da’vogarlardan biri bo‘ladi, - dedi "qaymoqranglilar" sardori.

Ma’lumot uchun, Modrich 2018 yilda "Oltin to‘p" sohibiga aylangan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q