Mbappe: "Bu shunchaki oʻrtoqlik oʻyini emas edi"

  • 27.03.2026 12:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe Braziliyaga qarshi gʻalaba (2:1)dan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

27 yoshli hujumchi oʻyinda 66 daqiqa harakat qildi va Fransiyaning ilk goliga muallif boʻldi.

"Men futbolchiman. Mening yagona istagim — doimo maydonda boʻlish va oʻynash. Bu ajoyib oʻyin boʻldi. Maydonda boʻlish imkoniyati berilganini hech qachon oddiy qabul qilmayman.

Biz uchun bu shunchaki oʻrtoqlik oʻyini emas edi. Biz Braziliyani juda hurmat qilamiz. Bu oʻz darajamizni tekshirish uchun yaxshi imkoniyat boʻldi. Albatta, bu oʻyindan ortiqcha xulosa chiqarish kerak emas.

Men buni jahon chempionati finali edi deb aytmayman, lekin bunday oʻyin oʻtkazish juda yaxshi.

Biz yaxshi temp koʻrsatdik. Oʻyinimizda harakatchanlik, kreativlik yetarli boʻldi. Koʻplab vaziyatlar yaratdik va qolgan jihatlarda ham ishonchli oʻynadik. Biz oldinga harakat qilyapmiz", — dedi Fransiya terma jamoasi sardori. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!