Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mbappe Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Eng yaxshi assistentlar ham ma'lum

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi 2025/26 mavsumining eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.

Fransiyalik yulduz musobaqada 15 ta gol urib, toʻpurarlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Undan keyingi oʻrinni "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn band etdi. Angliyalik futbolchi hisobida 14 ta gol mavjud.

Golli uzatmalar boʻyicha esa PSJ futbolchilari Ashraf Hakimi va Xvicha Kvaratsxeliya hamda "Bavariya" vakili Maykl Olise yetakchilik qildi. Uchala futbolchi ham mavsum davomida 6 tadan assist qayd etdi.

Quruq oʻyinlar boʻyicha eng yaxshi natijani "Arsenal" darvozaboni David Raya koʻrsatdi. Ispaniyalik posbon 9 ta uchrashuvda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va musobaqa rekordini takrorladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q