Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe: Dembele bilan muammo yo‘q

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kilian hammani qiziqtirgan savolga to‘xtaldi

Madridning «Real» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoadagi jamoadoshi, PSJ forvardi Usmon Dembele bilan oʻrtasida mojaro borligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

- Mening «Oltin toʻp» haqida aytgan gaplarim tufayli Dembele bilan muammolar bor, deyishyaptimi?

Usmon bilan oʻrtamizda umuman hech qanday muammo yoʻq. U bilan allaqachon gaplashganman, u mening doʻstim, hech qanday ziddiyat yoʻq. 

Frantsiya terma jamoasi oʻyinlari uchun xalqaro tanaffus boshlanishi bilanoq, odamlar doim qandaydir mojaro topishga urinishadi, — deya Mbappe soʻzlarini keltiradi L'Equipe.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda «Oltin toʻp» sohibi Usmon Dembele hisoblanadi.

«Oltin toʻp»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida (Angliya) boʻlib oʻtadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q