Mbappe, dodingni Mourinyo beradi!

  • 17.05.2026 13:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe “Real”da “tegib bo‘lmaydigan” futbolchi maqomidan mahrum qilindi.  “Qirollik klubi”ga yaqin bo‘lgan jurnalist Xose Feliks Dias klub rahbariyatining hujumchi Kilian Mbappega bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

- Joze Mourinyo “Real”ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi va jamoada tartib hamda nazoratni tiklashni o‘z zimmasiga oladi. Agar bunga erishish uchun katta o‘zgarishlar kerak bo‘lsa, klub ularni amalga oshiradi.

“Real” hali ham Kilian Mbappeni muhim futbolchi deb hisoblaydi, ammo endi klubda hech kim tegib bo‘lmaydigan maqomga ega emas. Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos bilan bog‘liq holatlar buni isbotlagan, - dedi jurnalist.

Avvalroq, “Real”da Kilian Mbappening jamoadan uzoqlashib qolgani va bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan o‘zaro munosabatlari yomonlashgani haqida xavotirli ma’lumotlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!