Mbappe hali ham "Real"ning asosiy transfer maqsadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ning eng asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.
Transfer o‘tgan yozda amalga oshishi mumkin edi, ammo "qirollik klubi" PSJ so‘ragan summani to‘lashni istamadi. Mbappe mavsum oxirida erkin agentga aylanadi - uning parijliklar bilan 2024 yilning iyunida tugaydigan shartnomasi hali uzaytirilmagan.
"Madrid Xtra" nashrining insayder Fabritsio Romanoga tayanib xabar berishicha, frantsiyalik futbolchini qo‘lga kiritish "Real" va Florentino Peresning orzusi bo‘lib qolmoqda va PSJ bu haqda biladi.



Fikrlar