Mbappe ideal sardorni tanladi
Frantsiya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe kimni ideal sardor deb bilishini aytib o‘tdi.
"Ideal sardormi? Bu – Serxio Ramos. Uda haqiqiy sardorga xos mentalitet bor. Ramos tug‘ilgandan etakchi bo‘lgan — ham kiyim almashtirish xonasida, ham maydonda. U sardorlik bog‘ichisiz ham yuragi bilan sardor bo‘lib qoladi", — deya hujumchining so‘zlarini keltirdi MadridXtra.
Eslatib o‘tamiz, hozirda 39 yoshli Ramos Meksika chempionatida "Monterrey" jamoasi safida to‘p surmoqda. Ispaniyalik himoyachining klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi joriy yil oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 1,2 million evroga baholangan.
Fikrlar