Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe mashg‘ulotlarga qaytdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Kilian Mbappe jarohatdan keyin «Real» bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytib, «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladi.

«Real» forvardi Kilian Mbappe tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi.

AS nashri xabar berishicha, seyşanba kuni fransuz hujumchisi Madrid klubi bazasiga kelib, «Vilyarreal»ga qarshi navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirdi. Mbappe dushanba tongdayoq Madriddga qaytgan, o‘sha kuni u murabbiylar shtabi nazorati ostida jamoadan alohida shug‘ullangan. Keyingi mashg‘ulotda esa u asosiy tarkib futbolchilari bilan birga to‘liq dars o‘ta boshladi.

Mbappe joriy mavsum La Ligada yetti o‘yinda maydonga tushib, yetti gol urdi va ikki marotaba golli uzatma berdi. «Real»ning navbatdagi uchrashuvi 10 oktyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘z maydonida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q