Mbappe Messi rekordini sindirdi

  • 15.10.2026 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi forvardi, fransuz yulduzi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar Ligasida Lionel Messiga tegishli bo‘lgan yosh bo‘yicha rekordni yangiladi. 

Italiyaning «Roma» jamoasiga qarshi safar uchrashuvi Mbappe uchun Chempionlar Ligasi asosiy bosqichidagi yuzinchi o‘yin bo‘ldi. 2026/2027 yilgi mavsumning umumiy bosqichi ikkinchi turida o‘tkazilgan bellashuvda madridliklar dramatik tarzda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Mbappe ushbu ko‘rsatkichga 27 yosh va 298 kunlik paytida yetib, musobaqa tarixida 100 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ilgari bu rekord Lionel Messiga tegishli edi — u Chempionlar Ligasidagi yuzinchi o‘yinni 28 yosh va 84 kunlik chog‘ida o‘tkazgan.

Qiziqi shundaki, argentinalik super yulduz o‘z rekordi 2015 yil sentyabrida aynan shu «Roma»ga qarshi, Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan safar uchrashuvida o‘rnatgan edi.

Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida debutini 2016 yil sentyabrda «Monako» tarkibida amalga oshirgan. Keyinchalik u musobaqada «PSJ» sharafini himoya qildi, 2024 yildan esa madridning «Real» klubi safida maydonga tushmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!