Mbappe Messidan o‘zib ketdi, lekin Ronalduga yetolmadi
Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasining chorak final javob oʻyinida “Bavariya” darvozasini ishgʻol qildi.
Bu fransiyalik futbolchi uchun qitʼaning eng nufuzli turnirining joriy mavsumidagi 15-goli sifatida qayd etildi va Kilian bu koʻrsatkich boʻyicha “Bavariya” va PSJning sobiq futbolchisi Lionel Messidan oʻzib ketdi.
“Real” musobaqani tark etganini inobatga olsak, Mbappening bu mavsumdagi gollari soni 15 tada toʻxtadi.
Bu koʻrsatkich boʻyicha turnir rekordi Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik yulduz 2013-2014 yildg mavsumda “Real” safida Chempionlar ligasida raqiblar darvozasini 17 marotaba aniq nishonga olgan.
Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 40 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, fransiyalik futbolchining bozor qiymati 200 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar