Mbappe o‘rniga qimmatbaho yulduz!

  • 28 iyun, 2024, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ xo‘jayinlari “Real”ga o‘tib kelgan Kilian Mbappega munosib o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda.

Tecno

Parijliklar hujum chizig‘ini kuchaytiradigan futbolchini Ispaniya chempionatidan topdi.

Todofichajes nashrining yozishicha, Bilbaoning “Atletik” jamoasi hujumchisi Nko Uilyams parijliklar nishoniga tushdi.

21 yoshli hujumchining shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq bu transferni 60 million evroga hal qilish mumkinligi aytilmoqda.

Niko yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionatida 31 ta uchrashuvda beshta gl va 11 ta assist qayd etdi.

Uilyamsga “Barselona” ham ko‘z tikkan. Lekin kataloniyaliklar to‘lov borasida parijliklar bilan raqobatlasha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!