
Mbappe o‘yindan chiqdi
PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 oltinchi turidan o‘rin olgan “Marsel”ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Mbappe o‘yinning 32-daqiqasida zaxiraga olindi. Uning o‘rnini portugaliyalik forvard Gonsalu Ramush egalladi.
Etakchisini yo‘qotganiga qaramay, parijliklar hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Ashraf Hakimi va Rendal Kolo-Muani bittadan gol urgan bo‘lsa, Gonsalu Ramush dubl qayd etib, Mbappening yo‘qligini bildirmadi.
Bu g‘alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari ochkolari sonini uchtaga etkazib, musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar