Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe o‘zini aybdor deb hisoblamoqda

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

U nega bunday fikrda?

Kilian Mbappe "Real Madrid"ni tushkunlikka tushirganini his qilmoqda. Biroq, klubdagi muvaffaqiyatiga ishonchi komil. Bu haqda insayder Edu Agirre ma’lum qildi.

Avvalroq, Madrid klubi La Liganing 11-turida "Barselona"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

25 yoshli frantsiyalik futbolchi butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi, darvoza tomon uchta zarba yo‘lladi va sakkiz marotaba ofsaydda qolib ketdi. Uning ikkita goli inobatga olinmadi.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum "Real Madrid" tarkibida umumiy 10 bellashuvda maydonga tushdi. Forvard 6 ta gol va 1 ta golli uzutma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q