Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mbappe o‘zining yagona xatosini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Suvdan quruq chiqdi

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe “Oviedo”ga qarshi oʻyindan (2:0) keyin jurnalistlar savollariga javob berdi.

Fransiyalik futbolchi jarohatdan keyin maydonga qaytib, 69-daqiqada zahiradan oʻyinga qoʻshildi. Koʻp oʻtmay, forvard Jud Bellingemga golli uzatma berdi va ingliz yarim himoyachisi jamoa gʻalabasini mustahkamladi.

Oʻyindan keyin jurnalistlar Mbappedan tiklanish jarayonida Italiyaga safar qilgani hatomi yoki yoʻqligi haqida soʻrashdi.

Eslatib oʻtamiz, dam olayotgan futbolchining internetga tarqalgan suratlari jamoadagi muammolar fonida koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻlgandi.

- Menda klub ruhsati bor edi va oʻsha kunlari Ispaniyani tark etgan yagona inson men emasdım. Mening yagona hatom bu mavsum jamoa bilan birorta ham sovrin yuta olmaganimdir. Qolgan barchasi sizlarning fikrlaringiz va taxminlaringiz xolos, - dedi Mbappe.

17 may kuni Real Madrid La Liganing soʻngidan oldingi turida “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q